Contentum
Afrikada nima bo‘lyapti? 🌍 Afrika qit’asining maydoni 30,4 mln km kvadrat. Biroq, Merkator proyeksiyasi deb ataladigan eng keng tarqalgan xarita proyeksiyasi Afrikani aslida kichikroq qilib ko‘rsatadi. Aslida Afrika qit’asiga 30 ta davlat sig‘adi va bular qatoriga AQSH, Xitoy va Hindiston kabi dunyoning eng yirik davlatlari kiradi. 🌐 Afrika Ittifoqi esa hukumatlarni bundan buyon undan foydalanmaslikka chaqirdi, chunki u Afrika jahon sahnasida chekkada qolgandek degan taassurot qoldirishini aytgan. Afrika Ittifoqi Equal Earth deb ataladigan xarita modelini keng qo‘llashni targ‘ib qilmoqda. “Correct The Map” (Xaritani tuzat) kampaniyasi Afrika No Filter va Speak Up Africa kabi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda. Ular bunday xaritalarni ta’lim muassasalari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun standart qilishni maqsad qilgan. 📊 Ma’lumot uchun, Afrika kattaligi va aholisi (1,6 milliard kishi) bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. @teacherazam