Contentum
Saratonning qanday turlari keng tarqalgan? Saraton o‘limning asosiy sabablaridan biridir, ammo uning tarqalishi mintaqalar bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p tashxis qo‘yilgan saraton turlariga o‘pka, ko‘krak, kolorektal, prostata, oshqozon va jigar saratoni kiradi. Bu farqlar turmush tarzi, atrof-muhit, ovqatlanish, genetika va sog‘liqni saqlash qay darajda ekanligiga bog‘liq. 1️⃣ O‘pka saratoni (barcha yangi holatlarning 12,4 foizi, 2,5 million) Xitoy, Rossiya va Sharqiy Yevropada eng ko‘p uchraydi. Sabablari esa chekish, havoning ifloslanishi va zararli mehnat sharoitlari kiradi. 2️⃣ Ko‘krak bezi saratoni (11,6%, 2,3 mln) Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada ko‘proq uchraydi, bu gormonal o‘zgarishlar, kech tug‘ish va semizlik bilan bog‘liq. 3️⃣ Kolorektal saraton (9,6%, 1,9 million) AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropa uchun xos bo‘lib, u yerda qayta ishlangan go‘sht iste’moli, fast-fud va kam harakatli turmush tarzi keng tarqalgan. 4️⃣ Prostata bezi saratoni (7,3%, 1,5 million) skrining usullari rivojlangan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi Bu esa uni erta aniqlash imkonini ham beradi. 5️⃣ Oshqozon saratoni (4,9%, 970 000) Osiyoda, ayniqsa, an’anaviy ovqatlanish (dudlangan va tuzlangan oziq-ovqatlar miqdori yuqori) va Helicobacter pylori infeksiyasining yuqori tarqalishi tufayli keng tarqalgan. 6️⃣ Jigar saratoni (4,3%, 830 000) Osiyo va Afrikada ko‘proq uchraydi, bu gepatit B va C infeksiyalarining yuqori ko‘rsatkichlari, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va ifloslangan oziq-ovqat bilan bog‘liq. 7️⃣ Bachadon saratoni (3,3%, 660 000) OPVga qarshi emlash qamrovi pastligi va skrining dasturlari yetarli emasligi sababli Afrika, Janubiy Amerika va ba’zi Osiyo mamlakatlarida eng keng tarqalgan. 👨🦰 Erkaklarda o‘pka saratoni (15,2%), prostata saratoni (14,2%) va kolorektal saraton (10,4%) ko‘proq tashxislanadi. Saratonning bu turlari rivojlanishiga chekish, kasbiy xavf-xatarlar va genetik moyillik asosiy rol o‘ynaydi. 👩🦰 Ayollarda ko‘krak bezi saratoni (23,8%), o‘pka saratoni (9,4%) va kolorektal saraton (8,9%) ko‘proq uchraydi. Ayollar o‘rtasida o‘pka saratoni bilan kasallanishning ko‘payishi chekuvchi ayollar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. @teacherazam