Contentum
Yana o‘sha zoomer’lar, bu safar Madagaskarda 🇲🇬 19-sentyabr kuni mamlakat poytaxti Antananarivoda suv va elektr ta’minotidagi uzilishlar davom etavergach 2 ta deputat tinch namoyish qilgan edi. Lekin ularni hukumat hibsga olgach, zoomer’lar “Ampy Zay” shiori, o‘zbekchada “Bo‘ldi yetadi” shiori ostida bosh ko‘tardi. ⚡️ Kuniga 10 soatlab davom etadigan uzilishlar, narxlarning oshishi va korrupsiya haqidagi shikoyatlar mamlakat bo‘ylab tez tarqaldi. 📱 25-sentyabrdan boshlab zoomer’lar prezident Andri Rajoelinaning iste’fosini talab qilishni boshladi. Ular Instagram, TikTok va memlar bilan vaziyatni yanada ommalashtirdi. Bosim ostidagi prezident esa 2-oktyabr kuni bosh vazir boshchiligidagi butun kengashni tarqatib yubordi va 6-oktyabrda yangi bosh vazirni sayladi. Lekin zoomer’lar bunga ko‘nishmadi, ular prezidentning o‘zi ham ketishini aytib namoyishlarni to‘xtatmadi. 🪖 12-oktyabrda esa armiya ham zoomer’lar tarafga o‘tdi va namoyishchilarga qarata o‘q uzishni rad etishdi. 13-oktyabr kuni prezident fransuz harbiy samolyoti yordamida mamlakatdan chiqib ketdi. Birinchi bo‘lib Nepalda, ikkinchi bo‘lib Marokashda, uchinchi bo‘lib Madagaskarda Z-avlod bosh ko‘tardi. Bu 1 oy ichida bo‘layotgan voqealar Hukumatlarga zoomerlar bilan ishlash qiyin bo‘lyaptimi? @teacherazam