Contentum
🇪🇺 Yevropadagi yangiliklarga bo‘lgan ishonch xaritasiga qarasangiz, u yerdagi odamlar ommaviy axborot vositalariga turlicha ishonch bildirishini ko‘rasiz. Shimoliy va G‘arbiy Yevropada yangiliklarga ishonch ancha yuqori. Finlyandiya (67%), Daniya (56%), Norvegiya va Portugaliya (ikkalasi ham 54%). U yerdagi odamlarning aksariyati yangiliklarni ishonchli deb hisoblaydi. 🇫🇷 Biroq Buyuk Britaniyada va ayniqsa Fransiyada vaziyat butunlay boshqacha. Masalan, Fransiyada aholining atigi 29 foizi yangiliklarga ishonadi, bu qit’adagi eng past ko‘rsatkichlardan biri ekan. 🇬🇷 Janubiy va Sharqiy Yevropada ham yangiliklarga ishonch kam, ko‘pincha 40 foizdan past. Eng past ko‘rsatkichlar Vengriya va Gretsiyada bo‘lib, u yerda respondentlarning atigi 22 foizi yangiliklarni ishonchli deb hisoblaydi. Manba Bizda odamlarning nechi foizi yangiliklarga ishonadi deb o‘ylasiz?