TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3078

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,900Numerus visionum
EditumOct 2310/23/2025, 02:03 PM
Contentum scripti

Contentum

📊 Reputation Lab tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilda Kanada va Shveysariya eng yaxshi xalqaro mavqega ega davlat bo‘lgan. O‘tgan yilgi ro‘yxatga o‘xshab, Iroq, Eron va Rossiya so‘nggi o‘rinlarni egallagan. 🇺🇸 AQSH 2024-yildagi ko‘rsatkichdan 18 pog‘ona pastga tushib, 48-o‘rinni egallagan. Eng katta yo‘qitish ham AQShda. 🇰🇷 Janubiy Koreyaning ham institutsional inqiroz natijasida G7 davlatlari orasida obro‘si sezilarli darajada pasaygan. 25 dan 31-o‘ringa tushgan. 🇰🇿 Qozog‘iston esa 50-o‘rindan 49-o‘ringa bir pogona ko‘tarilganini ham ko‘rishingiz mumkin. Bugungi geosiyosiy vaziyatda millatning obro‘si har qachongidan ham muhim. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, obro‘si tushib ketayotgan davlatlar xalqaro jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmay qo‘yadi. Aksincha, o‘z obro‘sini mustahkamlaganlar ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, turizm va eksportdan yuqori daromad olish, xalqaro institutlar va yumshoq kuchda ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lish tendensiyasiga ega. @teacherazam