Contentum
Atigi 3 yil ichida internetdagi matnlar keskin o‘zgarishga uchradi. 📝 2020-yildan 2025-yil mayigacha bo‘lgan davrdagi 65 000 ta URL manzili tahlili shuni ko‘rsatdiki, hozirda barcha onlayn maqolalarning yarmidan ko‘pi sun’iy intellekt tomonidan yaratilmoqda. 📱 2022-yil oxirida ChatGPT ishga tushirilgandan so‘ng, sun’iy intellekt yordamida yozilgan matnlar miqdori keskin oshib ketgan. Sun’iy intellekt matn bilan bog‘liq imkoniyatlarini kengaytirgan va kontent yaratishni ancha osonlashtirgan bo‘lsa-da, u mualliflik, originallik va ishonchlilikni tushirib yubordi. 🤷 Bugungi kunda ko‘plab internet foydalanuvchilari o‘zlari o‘qiyotgan matnlar aslida inson tomonidan emas, balki sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini bilmasliklari mumkin. Algoritmlar raqamli dunyodagi qoidalarni o‘zgartiryapti. Biz esa sun’iy intellektni to‘xtatishni emas, balki endi matnlarga nisbatan ham tanqidiy ruhni ko‘tarishimiz va har bitta ma’lumotni tekshirishimiz kerak. @teacherazam