TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3111

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones19,400Numerus visionum
EditumNov 311/03/2025, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

Davlatlar aholisi yiliga qancha vaqt nechta kitob o‘qishi bo‘yicha statistika shakllantirilibdi 🇺🇸 Amerikaliklar - dunyodagi eng ko‘p kitob o‘qiydigan millat, haftasiga o‘rtacha deyarli 7 soat vaqtini o‘qishga sarflaydi. Bu yiliga 357 soatni tashkil etadi. Yiliga o‘rtacha har bir odam 17 ta kitob o‘qiydi. 🇮🇳 Hindiston - haftalik o‘qish vaqti amerikaliklarga nisbatan atigi 5 daqiqa kam bo‘lib, 7 soatga yaqin. Yillik o‘qish vaqti 352 soat. Kishi boshiga 16 tadan kitob o‘qishadi 🇬🇧 Buyuk Britaniya - uchinchi o‘rinda, aholisi haftasiga taxminan 6,5 soat yoki yiliga 343 soat kitob o‘qiydi. Har yili har bir kishi 15 ta kitob. Bu mamlakatda kitob savdosi bo‘yicha rekordlar kamida 212 millionga yetdi. 🇫🇷 Fransiya - to‘rtinchi o‘rinda va har hafta o‘rtacha 5 soat-u 50 daqiqa kitob o‘qishadi. Bu yiliga 305 soatga to‘g‘ri keladi. 14 ta kitob o‘qish to‘g‘ri keladi 🇮🇹 Italiyaliklar haftasiga 5 soat 20 daqiqa yoki yiliga 278 soat kitob o‘qishadi. Ular har yili 13 ta kitob o‘qishadi. Bu ro‘yxatda qo‘shnilarimiz yiliga qozoqlar 2.7 ta, turkmanlar 3.2 ta, qirg‘izlar 3.9 ta va tojiklar 4 ta kitob o‘qishadi. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan. Keling, shu so‘rovnomani o‘zimiz tashkil qilamiz. Bu yil o‘qigan kitoblaringizning ro‘yxatini izohda yozing, o‘zimizning statistikamizni shakllantiramiz. @teacherazam