TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3112

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,900Numerus visionum
EditumNov 511/05/2025, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

HALE degan termin bor. Bu Health-Adjusted Life Expectancy degani ya’ni odam qancha umr ko‘rishi emas, qancha umrini sog‘lom, og‘riqsiz, cheklovlarsiz yashashi degani. 🌍 Biz ko‘rsatgan grafikdagi muammo esa boy davlatlar: Bahrayn, Oman, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklarida odamlar uzoq yashaydi, lekin umrining 16-17 yil qismi kasallikda o‘tib ketadi. 🇧🇭 Misol uchun Bahrainda odamlar 81,6 yil yashaydi, uning 17,4 yili kasallikda, 64,2 yilini esa sog‘lom yashab o‘tadi 🇺🇸 Bu ro‘yxatda AQSh ham yuqori o‘rinlarda. U yerda semizlik bilan bog‘liq muammolar asosan keng tarqalgan. Bu “nosog‘lom yillar” juda qimmat. AQSh sog‘liqni saqlash tizimining HALE ko‘rsatkichi bo‘yicha past natijasi shuni anglatadiki, ular millionlab odamlarning hayotini saqlab qolish uchun katta va qimmat tizimni ishlatishga majbur bo‘lmoqda. @teacherazam