Contentum
Kompaniyalar AI sabab ishdan bo‘shatgan xodimlarni qayta ishga olishyapti ekan 🤖 Bu shuni ko‘rsatadiki AI ishchilar sonini kamaytiruvchi vosita bo‘lmasligi mumkin, chunki sun’iy intellekt paydo bo‘lib, mutlaqo har bir ish o‘rnini egallaydi degan fikr hali isbotlanmagan. Hali gipotezaligicha qolmoqda. 📊 Viser butun dunyo bo‘ylab 142 ta kompaniyada 2,4 mln xodimlarning ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan. O‘sha ma’lumotlarlarda ularning 5,3 foizi AI sabab ishdan bo‘shatilib yana qayta ishga olingan. Kompanya direktorlari esa haligacha aynan qaysi ish pozitsiyalarini AI bilan almashtirish mumkinligini bilmaydi. Risklarni hisoblash deyarli imkonsiz bo‘lib qolyapti. 🇺🇸 Bundan tashqari MIT yaqinda o‘tkazgan tadqiqotda kompaniyalarning 95 foizi sun’iy intellektga kiritgan sarmoyasidan hech qanday foyda ololmayotganini ko‘rsatgan. Atrofingizdagi biror tanishingizni AI sabab ishdan bo‘shatib yuborganini eshitdingizmi? @teacherazam