Contentum
🌉 Kaliforniya — eng ko‘p aholiga ega shtat bo‘lib, mamlakatdagi uysizlar soni bo‘yicha ham yetakchi o‘rinda turadi. 2024-yil yanvar oyiga kelib, bu yerda 187 000 dan ortiq uysiz shaxs mavjud. Odatda uysizlar soni umumiy aholi soniga bog‘liq bo‘lsa-da, ayrim istisnolar ham bor. 🗽 Masalan, Nyu-York (uysizlar soni bo‘yicha 2-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 4-o‘rin), Vashington (uysizlar soni bo‘yicha 3-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 13-o‘rin) va Massachusets (uysizlar bo‘yicha 5-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 16-o‘rin) Nima uchun uysizlar soni ko‘p? 📊 Misol uchun Kalifornia ijara narxlari bo‘yicha AQShdagi eng qimmat shtat. Oyiga $2500–3500 atrofida. O‘rtacha odamning bu narxni to‘lashga oylik daromadi yetmaydi. Yil bo‘yi issiq ob-havo ko‘chada yashashning imkoni bor. 🇺🇸 Nyu Yorkda esa aholi soni juda ko‘p. Bundan tashqari Manxetten, Bruklin, Queens — ijara narxlari butun dunyoda eng qimmat hududlar qatoriga kiradi. Nyu-York qonun bo‘yicha har bir odamga boshpana berishga majbur. Bu ham yaxshi, ham yomon: Yaxshi tarafi odamlar ko‘chada kamroq yotadi Yomon tarafi esa boshqa shtatlardan ham odamlar yordam olish uchun Nyu-Yorkga keladi. @teacherazam