Contentum
🌞 Dunyoda quyosh energiyasiga bo‘lgan talab rekord darajada oshyapti 🇨🇳 Visual Capitalist’ning yangi tahliliga ko‘ra, kelajakda qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari bo‘yicha Xitoy mutlaq yetakchi bo‘lishi mumkin. Ularning qurilishi rejalangan quvvati — 671 gigavattga yaqin va bu butun dunyo bo‘yicha kelajakda quriladigan quyosh batareyalarining uchdan bir qismiga teng. 🗺 Qolgan yirik davlatlardagi quyosh stansiyalarining hajmi (AQSh, Hindiston, Braziliya, Ispaniya va boshqalar) Xitoynikiga yetgani yo‘q. ⚡️ Maqolada aytilishicha, dunyodagi eng katta 15 ta davlat kelajakdagi quyosh energiyasining 80 foizidan ortig‘iga egalik qiladi. Bu esa quyosh energiyasi global miqyosda qanchalik strategik yo‘nalishga aylanganining isboti. @teacherazam