TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3160

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones10,200Numerus visionum
EditumNov 2411/24/2025, 02:03 PM
Contentum scripti

Contentum

Oltin qiymati uzoq muddat saqlanadigan boyliklardan biri bo‘lib qolmoqda va markaziy banklar uni rekord darajada to‘plashni davom ettiryapti. 📈 Bu 2025-yilda oltinning narxi rekord darajaga ko‘tarishiga ham sabab bo‘ldi. Ushbu xarita qaysi mamlakatlarning eng ko‘p oltin zaxirasi borligini ko‘rsatadi. Ushbu ma’lumotlar global markaziy banklarning oltin zaxiralarini kuzatib boruvchi BullionVault kompaniyasidan olingan. Umumiy hisobda, AQSH va Yevropa barcha oltin zaxiralarning 60 foizdan ortig‘iga egalik qiladi. Germaniya (3352 tonna), Italiya (2452 tonna) va Fransiya (2437 tonna) birgalikda 8200 tonnaga yaqin oltinga ega va bu AQSHning o‘zi egalik qiladigan ko‘rsatkichga teng. 🇨🇳 Xitoyning oltin zaxiralari 2019-yildagi 1948 tonnadan 2024-yilda 2280 tonnagacha ko‘paydi, chunki Pekin AQSH qimmatli qog‘ozlaridan voz kechib, yuanni xalqarolashtirish yo‘lidan boryapti. 🇮🇳 Hozirda dunyoning beshinchi yirik iqtisodiyotiga aylangan Hindiston 876 tonna oltinga ega. 🇺🇿 O‘zbekiston 383 tonna bilan ro‘yxatda 14-o‘rinni egallagan. @teacherazam