Contentum
📉 Dunyoning yashirin iqtisodiyoti biz o‘ylaganimizdan ancha katta — trillionlab mablag‘ davlatga ko‘rinmaydi. AQShdan tortib Hindistongacha, har bir mamlakatda iqtisodiyotning hisobga olinmaydigan tomoni mavjud. Yashirin iqtisodiyotni oddiy qilib aytsam: do‘kon bor, lekin u soliq organida ro‘yxatdan o‘tmagan. Sotgan narsasiga chek bermaydi, terminal ishlatmaydi. Pulni hammasini naqd oladi, hech qayerda ko‘rinmaydi. Mana shu yashirin iqtisodiyotga kiradi. Yana bir misol: kimdir uyida shirinlik pishirib sotyapti yoki uyma uy yurib telefon ta’mirlaydi, lekin o‘zini MChJ yoki o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazmagan, soliq to‘lamaydi, daromadini hech qayerda ko‘rsatmaydi. Rasmiy hujjat yo‘q, shartnoma yo‘q. Bu ham yashirin iqtisodiyot. Bunday iqtisodiyotda ishlayotgan odamlar ko‘pincha huquqiy himoyasiz bo‘ladi: shartnoma yo‘q, sug‘urta yo‘q, pensiya jamg‘armasiga pul tushmaydi. Davlat esa soliq ololmaydi, byudjetga kamroq pul tushadi, natijada yo‘l, maktab, shifoxona uchun mablag‘ kamroq bo‘ladi. Trillionlab mablag‘ soyada harakatlanib, global YaIMning ko‘zga ko‘rinmas qismini namoyon etadi. 🇺🇸 Grafikda ham ko‘rishingiz mumkinki AQShda $29,18 trillion yalpi ichki mahsulotning $1,4 trillioni yashirin iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi. 🇨🇳 Xitoyda esa bu raqamlar juda ham katta. $18,74 trillion YaIMning $3,6 trillioni yashirin iqtisodiyotga kiradi. Bu juda ham katta raqamlar @teacherazam