Contentum
Hayot sifatidan qoniqish hissi bo‘yicha bu ma’lumotlar 3 yil davomida yig‘ilgan. 📄 So‘rovda qatnashgan odamlar va mamlakatlar soni yildan-yilga farq qiladi, ammo odatda har yili Gallup so‘rovnomasida 130 ta mamlakatdan 100 000 dan ortiq kishi ishtirok etadi. Reyting natijalari to‘liqligicha odamlar bergan javoblarga asoslangan. 📊 So‘rovnoma 10 ballik shkalada baholangan. 0 bu eng past ko‘rsatkich bo‘lsa, 10 esa eng yuqorisi. 1-rasmda umumiy davlatning hayot sifatidan qoniqish sariq rangdan to‘q yashil tomon ko‘tarilib boradi. 🇺🇿 2-rasmda esa O‘zbekiston 6-7 lik shkalada turganini ko‘rishingiz mumkin. Eng qizig‘i O‘zbekistonda hayot sifatidan qoniqish darajasi AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya turgan shkaladan joy olgan. ⭐️ 3-grafikda esa eng maksimal ko‘rsatkichga ega davlatlar ko‘rsatilgan. Ular Puerto Riko, Kosta Rika, Isroil, Denmark, Niderlandiya, Shvetsariya, Norvegiya, Finlandiya va Islandiya olgan. Bu so‘rovnomada o‘zbeklar 2011-yildan buyon qatnashib keladi va har yili har xil ko‘rsatkichni qayd etgan. 4-grafikda esa 2019-yilda hayot sifatidan qoniqish hissi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqanini ko‘rishingiz mumkin. Mana bu joyda natijalarni ko‘rishingiz mumkin @teacherazam