Contentum
1️⃣ Birinchi xarita — “Death rate from air pollution, 2021”. Bu har bir mamlakatda yiliga havoning ifloslanishi tufayli qancha odam vafot etishini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘lchov birligi – 100 000 aholiga nechta o‘lim. Masalan O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich har 100,000 ta odamga 153 ta odam havoning iflosligidan vafot etyotgani ko‘rsatilgan. Ya’ni bu xarita “oddiy odam uchun shaxsiy xavf”ni ko‘rsatadi: siz o‘sha mamlakatda yashasangiz, air pollution tufayli o‘lish ehtimolingiz qanchalik yuqori ekanligini bilishingiz mumkin. 2️⃣ Ikkinchi xarita — “Share of deaths attributed to air pollution, 2021”. Bu davlatda sodir bo‘layotgan barcha o‘limlarning nechta foizi havoning iflosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘lchov birligi – foizda. O‘zbekistonning ko‘rsatkichi 18%. Bu bizda yil davomida bo‘lgan barcha o‘limlarning 100 tadan 18 tasi havoning ifloslanishi bilan bog‘liq kasalliklar tufayli bo‘lganini bildiradi. Bu juda yuqori. Ko‘rsangiz to‘q qizil rangda turibmiz. To‘liq maqolani esa mana bu yerdan topishinguiz mumkin. @teacherazam