TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3180

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones13,100Numerus visionum
EditumNov 2911/29/2025, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

📊 Muammolarimizni hal qilish uchun ko‘proq tadqiqotlar olib borish zarur. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun toza energiya sohasidagi innovatsiyalar, o‘sib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi, mavjud kasalliklarga qarshi kurashish va yangi kasalliklarning oldini olish uchun tibbiyot sohasidagi yangi ishlanmalar kerak bo‘ladi. Sun’iy intellekt va yadro qurollari kabi paydo bo‘layotgan va davom etayotgan xavf-xatarlarni bartaraf etishda ham tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. 📖 Bunda 2022-yil holatiga ko‘ra har bir davlatda olib borilgan ilmiy ishlar har million odam boshida nechtadan to‘g‘ri kelishi haqida. 📈 1-rasmda eng ko‘p ilmiy ish qiladigan davlatlar ko‘rsatilgan. Ular Avstraliya, Norvegiya, Finlandiya, Shvetsiya, Islandiya, Denmark va Shvetsariya. Har 1 mln aholi boshida qilinadigan ilmiy ishlar 2000 tadan 3000 tagachani tashkil qiladi. 📉 Eng past ko‘rsatkichlarni ko‘proq Afrika mamlakatlari, Shimoliy Amerikadan sanoqli davlatlar va Osiyodan esa qo‘shnilarimiz Afg‘oniston va Turkmaniston va yana bir nechta mamlakatlar ko‘rsatgan. U yerda har 1 mln aholida to‘g‘ri keladigan ilmiy ishlar soni 10 tagachani tashkil qiladi. 🇺🇿 Biz esa bu ro‘yxatda o‘rta o‘rinlarni ham olmaganmiz. Bizda har 1 mln aholiga 63 ta ilmiy ish to‘g‘ri kelar ekan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ta’lim sifati haqiqatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ilmiy ish qilinishi juda yuqori. @teacherazam