Contentum
🙊 V-Dem tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu indeks: - muhokama qilish erkinligi; - akademik va madaniy fikr bildirish erkinligi; - OAV senzurasi; OAV o‘z-o‘zini senzura qilishi; - OAV tarafkashligi; - jurnalistlarni ta’qib qilish; - bosma va efir OAVda tanqidiy va turli nuqtai nazarlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. 🙊 V-Dem 1900-yildan beri yana ko‘plab mamlakatlarni qamrab oladi, bu mintaqaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi. Qisqa qilib aytganda bu indeks so‘z erkinligini o‘lchaydi. 🇺🇿 Bu xaritada O‘zbekistondagi so‘z erkinligi ko‘rsatkichi 1912-yildan beri o‘lchab kelinadi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda so‘z erkinligi ko‘rsatkichi yillar kesimida quyidagicha bo‘lgan: Sovet Ittifoqi davrida: - 1912-yilda = 0,12 - 1922-yilda = 0,03 - 1932-yilda = 0,01 Mustaqillika yaqin yillar: - 1987-yilda = 0,28 - 1988-yilda = 0,29 - 1989-yilda = 0,36 Mustaqillikdan keyingi eng baland ko‘rsatkich yillari: - 2019-yilda = 0,21 - 2020-yilda = 0,22 - 2024-yilda = 0,23 Manba @teacherazam