TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3211

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones13,400Numerus visionum
EditumDec 612/06/2025, 02:02 PM
Contentum scripti

Contentum

📱 ChatGPT chiqqaniga 3 yil bo‘ldi. 2022-yil 30-noyabrda chiqqan ChatGPT besh kun ichida bir million foydalanuvchi yig‘di. 📱 Taqqoslash uchun, iPhone bir million foydalanuvchi yig‘ish uchun 18 oy vaqt sarflagan edi. Dunyoda sun’iy intellektni o‘zlashtirish mehnatga layoqatli aholining besh foizidan o‘n besh foizigacha o‘sdi. Endi har yettinchi katta yoshli odam muntazam ravishda AI vositalaridan foydalanadi. 📱 Microsoft hisobotida sun’iy intellekt foydalanuvchilari ulushi bo‘yicha eng yaxshi yigirma to‘rtta mamlakat ro‘yxati keltirilgan. Birinchi o‘rinda BAA - 59,5 foiz, Norvegiya - 45,3 foiz, Irlandiya - 41,7 foiz va Fransiya - 40,9 foiz. 🇨🇳 2025-yil yanvarida Xitoyning DeepSeek kompaniyasi birdaniga AI olamiga kirib keldi va shov-shuv bo‘ldi. Qisqa muddat davomida eng Amerikada eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida 1-o‘ringa chiqib oldi. Biroq, asosiy tizimni o‘zgartira olmadi. Baribir moliyaviy mablag‘lar, iqtidorli kadrlar va infratuzilmani nazorat qilgan kompaniyalar hukmronligini saqlab qoldi. Manba @teacherazam