Contentum
O‘rta klassga umri davomida qancha pul kerak? 📊 Investopedia 2025-yil uchun “American Dream” (Amerika orzusi) deb tasavvur qilinadigan o‘rta sinf orzusidagi hayot tarzining narxini bir uy xo‘jaligi misolida hisoblab chiqdi. Unda 1 ta o‘rta klassdagi xo‘jalikka umr davomida ketadigan pul miqdori 5 million dollardan sal ko‘proq ekan. Bu hisob-kitob amerikaliklar ko‘p uchratadigan 8 ta orzu-maqsadlar to‘plami asosida shakllantirilgan. Ular: - pensiya; - tibbiy xarajatlar; - uy-joyga ega bo‘lish; - 2 ta farzand tarbiyasi va kollej xarajatlari; - yangi mashinalar; - yillik ta’til; - uy-hayvonlari; - to‘y. 🌟 So‘rov natijalariga ko‘ra, odamlarning katta qismi bu komponentlarni “orzuning bir qismi” deb biladi. 🩼 Eng ko‘p xarajat— pensiyaga ketadi. Doimiy daromad olishni to‘xtatganda, 65 va undan yoshi katta odamlarning o‘rtacha yillik xarajati $63,906 ni tashkil qildi. Bu xarajatni 20 nafaqa davri uchun qoplash uchun $1,6 mln nafaqa jamg‘armasi kerak. Bunda inflatsiyaning yillik o‘sish foizi 2,5% hisoblangan. 🧑⚕ Sifatli tibbiyotdan foydalanish amerikaliklarning navbatdagi orzusi. 22 yoshdan 86 yoshgacha umumiy $414,208 dollar ketishi hisoblangan. 🏡 Uy-joy narxlarining doimiy o‘sishi va yuqori ipoteka stavkalari tufayli uyga egalik qilish orzusi hech qachon bugungidek qimmat bo‘lmagan. 2025-yilda uy-joyning o‘rtacha narxi taxminan $415 000 tashkil etadi. Hatto 20% boshlang‘ich to‘lov bilan ham, 6,69% li 30 yillik ipoteka oxir-oqibat uy sotib oluvchiga uyning pulini to‘lash uchun dastlabki xarid narxidan deyarli 2 barobar ko‘p mablag‘ sarflashiga olib keladi. 👨👩👧👧 Uchinchi yirik bloklardan yana biri — ikki farzand + kollej. Hisob-kitobda bolalarning parvarishi, ta’limi, transporti, ovqati kabi zaruriy xarajatlar, ustiga kollej xarajatlari qo‘shiladi; maqolada bu yo‘nalishning o‘zi $876,092 ga chiqqani qayd etiladi. 🚙 Shuningdek, yangi mashinalar har 10 yilda ikki donadan xarid qilinganda va to‘lovlarga kredit, sug‘urta, texnik xizmat xarajatlari kiritiladi; qayta sotishdan tushadigan qiymat esa hisobga olinmaydi va narx $900,346 ni tashkil qiladi. To‘liq maqolani o‘qish Bizda qancha bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz? @teacherazam