TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3236

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones11,200Numerus visionum
EditumDec 2212/22/2025, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

Bu infografika (AXA Global Risks Report so‘rovi) 57 mamlakatdan 3,595 nafar risk-menejment mutaxassisining fikriga tayangan holda ishlab chiqilgan. 1️⃣ Iqlim o‘zgarishi — 5 yil ketma ket birinchi o‘rinda 2021–2025 oralig‘ida doim birinchi o‘rinda. Bu shuni anglatadiki, ekstremal ob-havo, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, issiq to‘lqinlar kabi xavflar endi “kelajak muammosi” emas — hozirgi real risk. 2️⃣ Pandemiya 2020 yilda 1-o‘rinda edi, keyin pasaydi. COVID davrida hamma uchun birinchi xavf bo‘lgan “pandemiya” keyingi yillarda reytingda pastlab ketgan. Lekin bu “xavf yo‘qoldi” degani emas — shunchaki boshqa risklar yanada kuchliroq ko‘rina boshlagan. 3️⃣ Geosiyosiy beqarorlik 2022-yildan keskin ko‘tarildi. Urushlar, sanksiyalar, bloklar o‘rtasidagi ziddiyatlar, ta’minot zanjiri uzilishi — 2024–2025-yillarda bu risk 2-o‘rinni egallagan. 4️⃣ Kiberxavfsizlik doim “Top 3” atrofida. Hujumlar, ma’lumotlarning sizib chiqishi, davlat va kompaniyalar infratuzilmasiga zarbalar — bu risk 2020-yildan beri yuqori o‘rinlarni tark etmayapti. 5️⃣ AI & Big Data — yangi “katta o‘yinchi”. 2021-yilda 10-o‘rin bo‘lib kirgan, 2023–2025-yillarda 4-o‘ringa chiqqan. Bu yerda gap: deepfake, manipulyatsiya, ma’lumot monopoliyasi, algoritmik adolatsizlik, nazorat kuchayishi kabi masalalar haqida gap ketyapti. Manba @teacherazam