Contentum
Aholini ro‘yxatga olish — nima uchun kerak? 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘lib o‘tadi. Bu jarayon oddiy qilib aytganda — mamlakatda nechta odam yashayapti, ularning yoshi, jinsi, qayerda yashayotgani kabi umumiy ma’lumotlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi. 👨👩👧👦 Kimlar ro‘yxatga olinadi? O‘zbekistonda yashayotgan hamma: kattalar va keksalar, bolalar va chaqaloqlar (2026-yil 15-yanvargacha tug‘ilgan), hatto vaqtincha yashab turganlar ham. Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi? Ikki xil yo‘l bor: 💻 15-yanvardan boshlab onlayn — internet orqali o‘zingiz ro‘yxatdan o‘tasiz; 🚪 agar onlayn bo‘lmasa, 4-fevraldan mahalla xodimlari uyma-uy yurib ro‘yxatga oladi. Qisqasi, befarq bo‘lmang. O‘zingiz ham, yaqinlaringiz ham ro‘yxatdan o‘tsin. To‘g‘ri ma’lumot — kelajak uchun to‘g‘ri qaror😉 Batafsil ma’lumot uchun @census_2026 ga ulanib oling. @teacherazam