TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3249

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones16,200Numerus visionum
EditumDec 2712/27/2025, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

👨‍🦳 Butun dunyoda odamlar uzoqroq yashamoqda. 1900-yilda dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish 32 yoshni tashkil etgan. 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 73 yoshni tashkil etdi. Dunyo mamlakatlari katta o‘zgarishlarga erishdi va har bir mintaqada umr ko‘rish davomiyligi ikki baravar oshdi. Bu nafaqat bolalar o‘limining pasayishi bilan bog‘liq, balki odamlar har qanday yoshda uzoqroq umr ko‘rishni boshladilar. ⚔️ Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham umr ko‘rish davomiyligi keskin pasaygan davrlar bo‘lgan. Masalan, Xitoydagi "Buyuk sakrash" siyosati tufayli yuz bergan ochlik, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarida OIV/OITS epidemiyasi, Ruandadagi qirg‘in yoki COVID-19 pandemiyasi shular jumlasidandir. 🇺🇿 O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqamiz ma’lumotlarni. 1940-yildan 1950-yilga odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 53,3 yoshni tashkil qilgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 72,4 yoshni tashkil qiladi. 83 yil davomida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 35,8% ga oshgan. 🇳🇬 Nigeriyada esa 1940-yilda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 35,5 yoshni tashkil qilgan. Hozir esa bu ko‘rsatkich 54,5 yosh. Bu hozirgi kundagi eng past ko‘rsatkich. 2-Jahon urishi yillarida odamlar juda ham kam yashagan. Ayniqsa Afrika mamlakatlarida ahvol juda og‘ir bo‘lgan. Misol uchun: - Mali = 28,7 yosh - Senegal = 28,8 yosh - Serra Lion = 28,9 yosh 🇰🇿 Qo‘shnimiz Qozog‘istonda bu ma’lumotlar 1858-yildan saqlab borilgan ekan va o‘rtacha umr ko‘rish yoshi atiga 23,6 yosh bo‘lgan ekan. Tasavvur qilyapsizmi, mening yoshimga yetgan odamlarga huddi 100 yoshga kirgan odamdek qarashgan o‘sha vaqtlar. Manba @teacherazam