TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3273

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones13,700Numerus visionum
EditumJan 1001/10/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

🥙 Sog‘lom ovqatlanish ko‘pincha jamoat salomatligining eng muhim muammosi sifatida muhokama qilinadi, ammo arzonlik uning eng katta to‘siqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida inflyatsiya, ta’minot zanjiridagi uzilishlar va iqlim bilan bog‘liq shoklar tufayli oziq-ovqat narxlari oshdi. Shu bilan birga, ko‘plab hududlarda aholi daromadlari va oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajasi yaxshilandi. 🔼 Grafikka e’tibor bersangiz, sog‘lom ovqatlanishning global narxi yildan-yilga oshib borgan, lekin bunga imkoniyati yetmaydigan odamlarning ko‘rsatkichi tushgan. Bu butun dunyoda aholining daromadi yaxshilangani va sog‘lom ovqatlanish muhim ekanligini tushunish bilan bog‘liq. Ushbu vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotidan olingan. U butun dunyo bo‘ylab sog‘lom ovqatlanishning o‘rtacha kunlik narxini kuzatib boradi. 🥦 Sog‘lom ovqatlanish kuniga 2330 kilokaloriya berishi va oltita oziq-ovqat guruhi bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlangan ozuqaviy qiymatga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu guruhlarga kraxmalli asosiy mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar, hayvon mahsulotlari, dukkaklilar, yong‘oq va urug‘lar, hamda yog‘ va moylar kiradi. 💰 2017-yilda sog‘lom ovqatlanishning o‘rtacha jahon narxi bir kishi uchun kuniga 3,14 dollarni tashkil etgan. 2024-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 4,46 dollargacha ko‘tarildi. Eng keskin o‘sish 2020-yildan keyin kuzatildi, bu pandemiya bilan bog‘liq uzilishlar va jahon oziq-ovqat narxlarining oshishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Siz-chi, sog‘lom ovqatlanishga amal qilasizmi? 〰️ Bu postni sog‘lom ovqatlanishni boshlagan hamma tanishlaringizga tashlang va ulardan so‘rang “nima uchun ular sog‘lom ovqatlanishni tanladi?” @teacherazam