Contentum
Bu grafikda 2024-yildagi jamiyki sanoatda foydalangan turli yoqilg‘ilarning ulushi va 2050-yilga kelib bu ko‘rsatkich qanday bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Birinchi keling, har bitta yoqilg‘i turi o‘zi sanoatda nimalarga xizmat qilishini tushuntirib beraman. Neft - undan benzin, dizel, kerosin, mazut kabi yoqilg‘ilar tayyorlanadi. Asosan transport (avto, avia, dengiz), shuningdek petrokimyo (plastmassa, kimyoviy mahsulotlar) ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ko‘mir - qattiq qazilma yoqilg‘i. Asosan elektr stansiyalarida yoqiladi va metallurgiyada ishlatiladi. Tabiiy gaz - asosan metan. Isitish, elektr ishlab chiqarish, hamda kimyo sanoati (ammiak/azotli o‘g‘itlar) uchun ishlatiladi. Gaz elektr tizimida “tez yoqilib-o‘chadigan” quvvat sifatida ham qulay. Yadro energiyasi - Uran (ba’zan plutoniy) yadrosining bo‘linishi orqali issiqlik olinadi, u esa elektrga aylantiriladi. CO₂ ajralib chiqish darajasi past, lekin xavfsizlik, chiqindi, qurilish narxi kabi masalalari bor. Qayta tiklanuvchi energiya - biomassa, suv, quyosh va shamol energiyalari. Bularning hammasidan elektr olishda foydalaniladi. 🛢 Neftning ulushi 2024-yilda 30,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2050-yilga borib 29,8% ga tushishi kutilmoqda. Sabablaridan biri elekr mashinalarning ko‘payishi. Bunda benzinga bo‘lgan talab tushadi. ⚫️ Ko‘mir 26,5% dan 13,6% ga tushishi kutilmoqda. Bu havoga eng ko‘p CO₂ ajratadigan yoqilg‘i turi. Ekologiyaga e’tibor har bir davlatda oshib borayotgani va ekologiya masalasi siyosat darajasiga chiqqani uchun ko‘p davlatlar ko‘mirdan foydalanishni kamaytirishni reja qilgan. ⛽️ Gaz 22.7% dan 23.7% ga o‘sishi kutilmoqda. Bunda ko‘mirga bo‘lgan talab kamaygandan keyin gazga bo‘lgan talab oshishi mumkin. Ham uni ishga tushirish ancha osonroq. 💣 Yadroviy energiya 4,8% dan 6,6% ga oshadi. Sabab u 24/7 ishlay oladi va 2050-yilga borib muntazam ravishda ishlaydigan elektr ta’minot manbalari kerak bo‘ladi. Bunda eng yaxshi yechim. 🌬 Qayta tiklanuvchi energiya 15.4% dan 26.3% ga o‘sadi. Sabab quyosh/shamol loyihalari odatda tezroq ishga tushadi, atrof-muhitga zarari kam, tugamas energiya manbai. Manba @teacherazam