Contentum
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin. Bu yil CS:GO yoki PUBG’da xizmat qilgan barchani tabriklayman deb yozmoqchi emasman. 👨 Meni ancha yillardan beri kuzatadiganlar allaqachon katta bo‘lib qolishgan. Tabiiyki ularning fikrlashi, dunyoqarashi ancha kengaygan. Shuning uchun balki endi ozgina jiddiy ohangda tabriklashim kerak deb o‘yladim. 🇺🇿 Vatanni himoya qilish bu nafaqat jismoniy kuch bilan, balki boshqacha usullarda ham bo‘lishi mumkin. Misol uchun bu yaxshi o‘qishingiz, O‘zbekiston sha’nini ilmingiz orqali jahonda ham himoya qila oladigan darajaga chiqishingiz. Yoki kasbingizni puxta egallab, halol mehnat bilan oilangizni boqishingiz, atrofdagilarga manfaat keltirishingiz. Chunki kuchli iqtisod, kuchli bilim, kuchli madaniyat — bular ham Vatan xavfsizligining ustuni. Ba’zida Vatan himoyasi juda oddiy ko‘rinadi: qonunga hurmat, tartibga amal qilish, poraga yo‘l qo‘ymaslik, ishni vijdonan qilish, navbatda turishni bilish, ko‘chada axlat tashlamaslik. Bular mayda narsa emas. Millatning tarbiyasi aynan shunday “mayda” odatlardan quriladi. 🥳 Eng muhimi, Vatan himoyasi faqat bayramda emas, har kuni o‘z rolingizni to‘g‘ri bajarishdan boshlanadi. Kimdir chegarada turadi, kimdir sinfda dars beradi, kimdir shifoxonada navbatchilik qiladi, kimdir zavodda ishlab, kimdir uyida farzand tarbiyalaydi. Bularning barchasi vatan himoyasiga kiradi, shunday ekan bayramingiz muborak bo‘lsin vatan himoyachilari! Ha, shunaqa, teacher’ingiz ham ancha katta bo‘lib qolibdi @teacherazam