TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3297

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,300Numerus visionum
EditumJan 2401/24/2026, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

Trampning “Board of Peace”i nima? 🇺🇸 AQSh prezidenti Donald Tramp dunyodagi urush va mojarolarni “tinch yo‘l bilan hal qilish” uchun yangi xalqaro guruh tuzish g‘oyasini taklif qildi. Bu guruh “Board of Peace” (so‘zma-so‘z: “Tinchlik kengashi”) deb ataladi. Dastlab bu g‘oya G‘azodagi urush bo‘yicha tinchlik rejasiga bog‘langan edi, keyin esa Tramp uni “faqat G‘azo emas, boshqa mojarolar ham” degan ma’noda kengroq loyiha sifatida ko‘rsatgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra Tramp bu kengashning birinchi rahbari (chairman) bo‘ladi va kengash “butun dunyoda tinchlikni targ‘ib qilish, mojarolarni hal qilish” bilan shug‘ullanadi. 🪙 Maqolada aytilishicha, a’zo davlatlar odatda 3 yilga kiradi. Lekin agar davlat 1 milliard dollar to‘lasa, u “doimiy a’zo” bo‘lishi mumkin Kengashning “asosiy boshqaruv guruhi” sifatida Oq uydagi odamlar tilga olingan: • AQSh davlat kotibi Marko Rubio; • Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff; • Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler; • Trampning kuyovi Jared Kushner. 🫢 Bu yog‘i “tanish bilishchilikka” o‘xshayapti Qo‘shilganlar orasida Yaqin Sharqdagi hamkorlar: Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Misr. Shuningdek NATO a’zolari Turkiya va Vengriya ham rozi bo‘lgan. Boshqa ro‘yxatda Marokash, Pokiston, Indoneziya, Kosovo, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Paragvay, Vetnam ham bor, deb yozadi Reuters. Reutersga ko‘ra: 🌍 Norvegiya va Shvetsiya taklifni rad etgan, Italiya o‘ylab ko‘ramiz degan, Fransiya ham qo‘shilmaslik niyatida ekani aytganda, Tramp Fransiya qo‘shilmasa, fransuz vino va shampaniga 200% boj qo‘yishi mumkinligini aytgan. 🌏 Rossiyaga ham taklif jo‘natilgan, ular to‘liq tafsilotlar bilan tanishishni istagan. Ukraina taklifni o‘rganayotganini aytgan, lekin Zelenskiy “Rossiya bilan bir stol atrofida bo‘lishni tasavvur qilish qiyin” degan. Manba @teacherazam