TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3298

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,600Numerus visionum
EditumJan 2501/25/2026, 02:00 PM
Contentum scripti

Contentum

Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilishmoqchi 🇪🇺 Yevropa Ittifoqi Trampning “Grenlandiya bo‘yicha bosim”iga javob izlayapti: bir tomondan gaplashib muammoni yumshatmoqchi, ikkinchi tomondan esa AQSh tarif qo‘ysa, javoban o‘zi ham zarba berishga tayyorlanyapti. Tramp: “1-fevraldan Daniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya (EU a’zolari) va Britaniya, Norvegiyadan keladigan mahsulotlarga qo‘shimcha import tarif (boj) qo‘yaman, keyin kelishuv bo‘lmasa yanada oshiraman”, - degan. ⚫️ Sabab qilib esa: “AQSh Grenlandiyani sotib olishi kerak” degan talabni bog‘lagan. Yevropadagi yirik davlatlar buni “bosim/blackmail” deb qoralagan. Yevropaning qo‘lida ham javob xatlari bor. Bular 93 milliard yevrolik AQSh importiga tarif qo‘yish. Bu paket avval 6 oyga to‘xtatilgan edi, lekin yana ishga tushishi mumkin. 🇺🇸 AQSh kompaniyalarining davlat buyurtmalarida qatnashishini cheklashi, investitsiya yoki bank faoliyatiga to‘siqlar qo‘yishi, hatto xizmatlar savdosi (masalan, digital xizmatlar) bo‘yicha ham chora ko‘rishi mumkin. Agar vaziayt faqat yomonlashadigan bo‘lsa, bir nemis siyosatchisi “oxirgi chora” sifatida Jahon chempionatini boykot qilish fikrini aytgan, lekin bu hali rasmiy EU qarori emas, lekin siyosiy taklif darajasida tilga olingan. Manba @teacherazam