TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3299

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,300Numerus visionum
EditumJan 2601/26/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

🇺🇸 YouGov degan so‘rov kompaniyasi AQShdagi yoshi kattalardan: “Hozir bilganlaringizni hisobga olsak, AQSh armiyasining falon joyga aralashishi to‘g‘ri qarormi?”, - deb so‘ragan. So‘rovnoma 2026-yil 5–6-yanvar kunlari 1,097 ta katta yoshli odam orasida o‘tkazilgan. Odamlar o‘zini qaysi partiyaga yaqin deb bilsa (Respublikachi, Demokrat yoki Mustaqil), shunga qarab natijalar ajratilgan. 💲 Respublikachilar va Demokratlar AQShdagi ikki katta siyosiy partiya. Mustaqillar (Independents) esa “men hech qaysi partiyaga kirmayman” deydiganlar. 🇻🇪 Venesuelada Maduro’ni olib tashlash operatsiyasini (2026) • Respublikachilar: 70.4% to‘g‘ri degan • Demokratlar: 7.4% to‘g‘ri degan 🇮🇷 Eronning yadroviy obyektlarini bombardimon qilish • Respublikachilar: 74.2% to‘g‘ri degan • Demokratlar: 17.4% to‘g‘ri degan Bundan tashqari boshqa urushlarda ham bu ikkala partiya a’zolarining AQShni qo‘llab quvvatlashi bir-boridan tubdan farq qiladi: • Iroq urushi: Respublikachilar 40.3%, Demokratlar 16.2% qo‘llab quvvatlagan • Afg‘oniston va Fors ko‘rfazi urushi (Gulf War)da ham Respublikachilar ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi • Vetnam urushida ham ko‘proq Respublikachilar AQSh to‘g‘ri qaror qilgan degan 🇺🇸 Mustaqillar (Independents) umuman olganda AQShning boshqa davlatlarga harbiy aralashuviga shubha bilan qaraydi. Ular ko‘p urushlarda “to‘g‘ri” degan fikrni kam qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning ko‘pchiligi faqat Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari kabi hamma biladigan, aniq tarixiy urushlarni ko‘proq oqlaydi. Qolgan ma’lumotlarni grafikda ko‘rishingiz mumkin Manba @teacherazam