TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3302

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones11,700Numerus visionum
EditumJan 2801/28/2026, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

🔼 Oxirgi bir necha yil dunyo iqtisodiyotida “tebranishlar” (narxlar, foizlar, urushlar, energiya muammolari) ko‘p bo‘ldi. Shu sababli 2026-yilda ham o‘sish hamma joyda bir xil bo‘lmaydi. Umuman olganda, dunyo bo‘yicha o‘sish bir xildek ko‘rinadi, lekin har bir davlatda vaziyat boshqacha bo‘ladi. Bunga quyidagi narsalar ta’sir qiladi: • davlatda neft-gaz, energiya bor-yo‘qligi • boshqa davlatlar bilan savdo (import-eksport) qanchalik kuchli • davlatning byudjeti (qarz, soliq, xarajatlar) • aholi (yoshlar ko‘pmi yoki qarib boryaptimi) Shu sabab ba’zi davlatlar tez o‘sadi, ba’zilari esa sekinroq. ❗️ Grafik 2026-yil uchun global YAIM (GDP) o‘sish prognozlarini ko‘rsatadi. Bu prognozlar Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga asoslangan. GDP (YAIM) o‘sishi degani: davlatning iqtisodiyoti bir yilda qanchaga “kattalashdi” degani. Gayana degan davlatda juda katta neft topilgani uchun, 2026-yilda uning iqtisodiyoti 23% ga o‘sadi deb taxmin qilinyapti. Bu juda katta raqam. Grafikda bir nechta Afrika davlatlari 6% yoki undan yuqori o‘sishi mumkinligi aytiladi. Bunga sabab sifatida barqarorlik oshayotgani (tinchroq siyosat, tartib, iqtisodiy ishonch) ko‘rsatilgan. 🇮🇳 Hindiston 2026-yilda 6.2% ga o‘sadi deyilyapti. Bu dunyoda 14-o‘rindagi eng tez o‘sish degani. Xitoyda o‘sish 2025-yilda 4.8%, 2026-yilda 4.2% bo‘ladi deb kutilyapti. Xitoyda ichki bozor (odamlarning ko‘p xarid qilishi) kuchsizroq, uy-joy bozori ham sekin. Lekin eksport kuchli bo‘lishi, davlatning moliyaviy yordami shu muammolarni biroz “yopib turishi” mumkin. 🇪🇺 Yevropa davlatlarida 2026-yilda o‘sish juda past bo‘lishi mumkin. Ayniqsa Italiya: 0.8%, Avstriya: 0.8% (bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlar qatorida), Germaniya va Fransiya esa 0.9% atrofida o‘sadi deb kutilyapti. 🇺🇿 Bu ro‘yxatda O‘zbekiston 17-o‘rin olgan. Unda 6% o‘sish kutilyapti. Bizda ham iqtisodiyot tez o‘smoqda. Manba @teacherazam