Contentum
Onlayn ro‘yxatdan o‘ting — sovrinlar yuting! 2026-yil 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy g‘oliblar aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Har kuni har bir hududdan: 💻 noutbuklar 📱 planshetlar egasi aniqlanadi. 🏘 Hududlar bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlar: — Qashqadaryo: eng faol mahallaga yo‘l, elektr, piyodalar yo‘lagi yoki mini stadion. — Toshkent viloyati (Piskent): birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan mahallaga sport, stritbol va vorkaut maydonchasi. — Farg‘ona: ro‘yxatdan o‘tganlar orasida 36 ta televizor. — Toshkent shahri: faol OTM talabalari uchun kontraktning 50% qoplanadi (20 nafar). 🎉Maxsus sovrinlar: • Ko‘p a’zoli oilalar — “Toshkent Akva bog‘i”ga 4 kishilik bepul vaucher (50 ta). • Eng keksa ro‘yxatdan o‘tgan erkak va ayollar — AKFA Medline’da bepul tibbiy ko‘rik (20 ta). • Eng yoshlar ota-onalari — Uzum Market’da chegirma promokodlari (100 ta). • Faol talabalar va volontyorlar — Korzinka’da 2 mln so‘mlik vaucher (20 ta). • Faol yoshlar — Cambridge o‘quv markazida 3 oylik bepul ta’lim (20 ta). Batafsil. 👉 Xullas, onlayn ro‘yxatdan o‘ting, sovrinlar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! @teacherazam