Contentum
🇺🇸 Bu infografika AQShda uy xo‘jaligi (bir uyda birga yashaydigan odamlar) soniga qarab o‘rtacha daromadni ko‘rsatadi. Ma’lumotlar AQSh Aholini ro‘yxatga olish idorasi (U.S. Census Bureau)ning American Community Survey (ACS) 2024, 1 yillik hisobotidan olingan. 💲 2024-yilda AQSh bo‘yicha median uy xo‘jaligi daromadi $81,604 ekan. Infografikadagi raqamlar uyda nechta odam yashashiga qarab farqlanadi: • bir kishi yashaydigan uy xo‘jaliklarida median daromad $42,124; • ikki kishilik uy xo‘jaliklarida esa bu $90,465; • uch kishilikda $107,126; • to‘rt kishilikda $124,990; • besh kishilik $119,003; • olti kishilik $118,348; • eng yuqorisi “yetti yoki undan ko‘p odam” bo‘lib, median daromad taxminan $126,072 atrofida. 👨👩👧👧 Bu yerda juda oddiy mantiq bor: uyda odam ko‘p bo‘lsa, ko‘pincha ishlaydigan odamlar ham ko‘proq bo‘ladi (ota-ona, katta farzandlar va hokazo), shuning uchun uyga kiradigan jami pul ko‘payadi. 🚫 Lekin bu “katta oila boyroq” degani emas. Chunki katta oilada pul ko‘proq odamga bo‘linadi. Shu sababli, uy xo‘jaligining umumiy daromadi balandroq ko‘rinsa ham, har bir odamga to‘g‘ri keladigan ulush ko‘pincha kichik oilalarnikidan pastroq chiqadi. Yana bitta qiziq narsa yolg‘iz yashaydigan odamlar daromadi, ikki kishilik uy xo‘jaliklarinikidan yarmidan ham kam. Bu ham ko‘pincha “bitta odam = bitta ish haqi” bo‘lgani uchun. Manba @teacherazam