Contentum
Hindiston 2026-yilda necha foizga o‘sishi kutilyotgani haqida post qilgan edim. 🇮🇳 Bu infografikada 2020-2025-yil davomida Hindiston 1 rupiy daromadni qayerlardan olishi ko‘rsatilgan O‘rtacha hisobda, hukumat topadigan har ₹1ning 55–60 foizi soliqlardan keladi. 📈 Bu soliqlarga odamlarning daromadidan olinadigan foyda solig‘i, kompaniyalardan olinadigan korxona solig‘i va mahsulot-xizmatlarga qo‘shiladigan QQS kiradi. Soliqlar ichida foyda solig‘i + korxona solig‘i birga hisoblanganda har ₹1 ning taxminan 30–35 foizini beradi. 🔺 Bu Hindiston pulning katta qismini tobora ko‘proq odam va kompaniya daromadidan olinadigan soliqlarga tayanyotganini bildiradi Lekin soliqlar yaxshi yig‘ilsa ham, hukumat baribir katta miqdorda qarz olaveradi. 2020–2025 oralig‘ida har ₹1 ning taxminan 25–35 foizi hukumat olgan qarzlar hisobiga keladi 🦠 COVID-19 yillarida (2020–21) iqtisodiyot sekinlashib, davlat xarajatlari ko‘paygani uchun qarzga tayanish eng yuqori darajaga chiqqan. Keyinroq, 2024–25 ga kelib daromadlar yaxshilangani sari bu tayanish asta-sekin kamaygan. Hukumatning qolgan daromadi, ya’ni har ₹1 ning taxminan 8–10 foizi soliqdan tashqari manbalardan keladi. 🏦 Masalan, Markaziy bank (RBI) va davlat korxonalari foydasidan tushadigan dividendlar, turli to‘lovlar va yig‘imlar, foiz daromadlari va ba’zan davlat o‘z aktivlarini sotish orqali tushadigan pul bo‘lishi mumkin. Manba @teacherazam