Contentum
🇺🇸 AQShda oxirgi 25 yil (2000–2025) ichida umumiy narxlar o‘rtacha hisobda 92% ga oshgan. Oddiy qilib aytganda, 2000-yilda bir narsa $100 bo‘lgan bo‘lsa, hozir o‘sha narsa taxminan $192 atrofida bo‘lib qolgan. Infografikadagi qora chiziq “hamma narsaning o‘rtacha darajasi” 💸 Lekin eng muhim gap shuki inflyatsiya hamma narsaga bir xil ta’sir qilmagan. Odamlarga eng ko‘p kerak bo‘ladigan xizmatlar va “majburiy” xarajatlar ko‘pincha umumiy inflyatsiyadan ham tezroq qimmatlashgan. Masalan, shifoxona xizmatlari +275%, bola parvarishi (child care) +185%, tibbiy xizmatlar +129%, uy-joy +111%, ovqat-ichimlik +104%. Ya’ni “har kuni kerak bo‘ladigan” narsalar ko‘proq qimmatlashgan, shuning uchun odamlar ko‘pincha “men inflyatsiyani o‘zimda juda kuchli sezdim” deydi, chunki ular aynan shu toifalarga pul sarflaydi. 💸 Boshqa tomondan, texnologiya bilan bog‘liq narsalar ko‘pincha arzonlashgan. Bu “mutlaqo tekin bo‘lib ketdi” degani emas, balki 25 yil ichida ularning narxi umumiy inflyatsiyaga qaraganda juda sekin o‘sgan yoki hatto tushgan. Masalan, infografikada TV’lar -98%, kompyuter dasturlari -75%, o‘yinchoqlar -74%, mobil aloqa xizmatlari -43% deb ko‘rsatilgan. Shuning uchun telefon, televizor, dastur kabi narsalar vaqt o‘tishi bilan ko‘proq “qulaylashib” ketadi, lekin tibbiyot, uy-joy, bog‘cha kabi narsalar odamlarni ko‘proq qiynaydi. Bizda 20 yil davomida kundalik narsalar qanchaga qimmatlashdi deb o‘ylaysiz? Manba @teacherazam