Contentum
Epstein kim? 👨🦰 Jeffrey Epstein o‘zini “moliyachi” va boylarga maslahat beradigan odam qilib ko‘rsatgan, mashhur va juda boy odamlar bilan yaqin bo‘lgan. Uning kuchi pulning o‘zida emas, pul va tanishlar orqali elita davralariga kirib, o‘zini “kerakli odam” qilib ko‘rsatganida edi. U xayriya va ilm-fan atrofidagi aloqalarni ham obro‘ yig‘ish uchun ishlatgan, degan tanqidlar bor. Ya’ni odamlar “yaxshi odam ekan” deb o‘ylasin, eshiklar ochilsin, tanishlar ko‘paysin deb qilgan ko‘p ishni. Niyatini 100% bilib bo‘lmaydi, lekin hujjatlar u bu aloqalarni o‘z foydasiga mohirona ishlatganini ko‘rsatadi. ⚖️ Prokurorlar Epstein voyaga yetmagan qizlarni pul va “massaj” bahonasi bilan jalb qilib, jinsiy ekspluatatsiya qilgan va buni tizimga aylantirgan, deb aytadi. Uning sherigi sifatida Ghislaine Maxwell ham sudlanib, 2022-yilda 20 yilga qamalgan. Epstein 2000-yillar oxirida ham ushlangan, lekin ish o‘sha payt juda yengil kelishuv bilan yopilib ketgani keyinchalik qattiq tanqid qilingan. 2019-yilda u yana hibsga olingan, ammo 2019-yil 10-avgustda qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan. 💵 U o‘lgandan keyin ish davom etdi: jabrlanuvchilarga 121 mln dollardan ortiq kompensatsiya to‘langani aytiladi, banklar bilan yirik kelishuvlar bo‘lgan. Hujjatlarda ko‘p mashhur isimlar tilga olinadi, lekin “nom chiqdi” degani avtomatik aybdor degani ham emas. 2025 oxiri–2026 boshida AQSh Adliya vazirligi maxsus qonun bo‘yicha materiallarni ommaga chiqara boshladi. 2026-yil 30-yanvarda ular 3 mln+ sahifa, 2,000+ video va 180,000 rasm chiqarilganini aytdi. Sizning ham AQShda bo‘lyotgan bu voqeadan xabaringiz bormi? 👉Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. @teacherazam