TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3331

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,300Numerus visionum
EditumFeb 902/09/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

🔼 Iqtisodchi Pol Krugman: “Unumdorlik hamma narsa emas, ammo uzoq muddatda u deyarli hamma narsa”, - degandi. Ishchilar bir xil vaqt ichida ko‘proq qiymat yarata olsa, iqtisodiyot tezroq o‘sishi va hayot sifati yaxshilanishi mumkin. Grafikda Penn World Table tomonidan e’lon qilingan Janubiy Koreya va Yaponiyaning unumdorlik ko‘rsatkichi aks ettirilgan. U bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdorini ko‘rsatadi. 🇰🇷 2000-yildan buyon Janubiy Koreyaning unumdorligi ikki barobardan ziyod oshdi va bir paytlar Yaponiya bilan mavjud bo‘lgan katta farqni qisqartirdi. Hozirda hatto qo‘shnisidan ham o‘zib ketgan. Janubiy Koreyada bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan YaIM soatiga $54 ni, Yaponiyada esa $49 ni tashkil qiladi. Endi mehnatkash xalq deb yaponlarni emas, koreyslarni aytamizmi? 👨‍🔬 Unumdorlikka ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatsa-da, Koreyada bitta omil alohida ajralib turadi: bu innovatsiyalarga bo‘lgan intilish. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli 5 foizini ilmiy tadqiqot ishlariga sarflaydi. Bu jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Irlandiya $158,2 ikkinchi o‘rinni Norvegiya $130,1, uchinchi o‘rinni esa Shvetsariya $99,9 bilan egallagan. 🇺🇿 O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich $12 ni tashkil qiladi. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. Manba @teacherazam