Contentum
🧠 Generativ AI (masalan, ChatGPT yoki Copilotga o‘xshash matn yozib beradigan sun’iy intellekt) kuchayib borgani sari, turli kasblardagi ko‘p vazifalar AI yordamida bajariladigan yoki avtomatlashtiriladigan bo‘lib boryapti. 📱 Buni yaxshiroq tushuntirish uchun Microsoft Research tadqiqot o‘tkazdi: ular 2024-yil yanvaridan sentyabrigacha bo‘lgan davrda Microsoft Bing Copilot bilan qilingan 200 mingdan ortiq suhbatlarni tahlil qilishdi va natijalarni infografika shaklida tayyorlashdi. Unda AI eng ko‘p ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb reyting qilib chiqarilgan. Reyting Microsoft’ning quyidagilar bo‘yicha hisobiga asoslangan: • AI ishga oid vazifalarda qanchalik ko‘p ishlatiladi • AI u vazifalarni qanchalik yaxshi bajara oladi • Umuman olganda, AI u kasbga qanchalik mos keladi 🤖 Microsoft AI ta’sirini 3 ta ko‘rsatkich bilan o‘lchagan. Bular 0 dan 1 gacha bo‘lgan ball. Ko‘rsatkich 1 ga yaqin bo‘lsa, shuncha kuchliroq degani: • Qamrov (Coverage) - Bu kasbga tegishli vazifalar Copilot suhbatlarida qanchalik ko‘p uchraydi. • Bajarish (Completion) - Copilot o‘sha vazifalarni qanchalik tez va muvaffaqiyatli bajaradi. • Umumiy moslik balli (Overall AI Applicability Score) - AI bu kasbdagi vazifalarga qanchalik mos ekanini ko‘rsatadigan umumiy ball (hammasi qo‘shib baholanadi). ❗️ Muhim joyi ball baland chiqsa ham, bu kasb to‘liq yo‘q bo‘lib ketadi degani ham emas. Bu o‘sha kasb ichidagi ko‘p vazifalarni AI yordamchi sifatida bajarib berishi yoki ancha yengillashtirishi mumkin. Masalan, tarjimonlar va sinxron tarjimonlar bo‘yicha: • Qamrov: 0.98 (bu mavzudagi vazifalar suhbatlarda juda ko‘p uchraydi) • Bajarish: 0.88 (AI ko‘p vazifalarni yaxshi uddalayapti) Shuning uchun ularning umumiy moslik balli eng yuqori: 0.49 📝 Reytingning yuqori qismida yana tarixchilar va yozuvchilikka o‘xshash ishlar ham bor. Shuningdek, AI chat tizimlari allaqachon mijoz bilan ishlaydigan rollarda uchraydigan ko‘p vazifalarni bajara olyapti, masalan: • savdo vakillari • call-center / customer service operatorlari • telemarketing • konsyerj (mehmonxona yoki servisda yo‘naltiruvchi xodim) Ro‘yxatning yuqorisida ko‘proq ijod va muloqotga bog‘liq ishlar bo‘lsa ham, texnik kasblarda ham AI mosligi o‘rtacha yoki yuqori chiqdi, masalan: • data scientist (ma’lumot tahlilchisi) • web developer (sayt tuzuvchi) • management analyst • market research analyst (bozor tadqiqotchisi) ✅ Qiziq tomoni: eng ko‘p ta’sir ostidagi 40 kasbning barchasida bajarish (completion) ballining o‘rtachasi 0.87 chiqdi. Ya’ni, AI suhbatlarda unga topshirilgan ishlarning ko‘pini bajara olyapti. Ko‘p hollarda bu kasblar qaror, ijod, yoki inson bilan muloqotni talab qiladi. Shu sababli AI ko‘proq o‘rnini bosuvchi emas, yordamchi bo‘lib ishlaydi. Amalda u odamlarni ishsiz qilishdan ko‘ra, ko‘pincha ish unumdorligini oshiradi. Lekin bir xil takrorlanadigan, standart ishlar (doim bir xil tartibda bo‘ladigan vazifalar) AI keng kirib borgan sari tezroq o‘zgarishi mumkin. 👷 Bunga qarama-qarshi ravishda, jismoniy mehnat va joyida tez qaror talab qiladigan ishlar AI ta’siriga kamroq uchraydi. Masalan: • stanok yoki mashina operatorlari • ta’mirlash ustalari • parvarishlovchi va qarovchilar. Chunki bunday ishlarni avtomatlashtirish hali ham qiyin. Manba Sun’iy intellekt ishimizni olib qo‘yadi deydigan odamlarga jo‘natib qo‘ying @teacherazam