Contentum
Bu vizualda 2024-yilda davlatlar R&D’ga qancha pul sarflagani ko‘rsatilgan. R&D degani: yangi dori, yangi texnologiya, yangi ixtiro, yaxshiroq telefon, kuchliroq batareya, energiya yechimlari kabi narsalarni yaratish uchun qilinadigan ilmiy ishlar. Xitoy 2024-yilda R&Dga $785.9 mlrd sarflab, tarixda birinchi marta AQShdan o‘zib ketgan. 2024-yilda dunyo bo‘yicha R&D xarajatlari taxminan $2.87–$2.9 trillion bo‘lgan, va shuning katta qismi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Avvallari uzoq yillar AQSh yetakchi edi, endi esa Xitoy ilm-fan va texnologiyada kuchli raqib bo‘lib boryapti. 🇨🇳 Xitoyning dunyo R&D ulushi (ya’ni, dunyodagi umumiy ilmiy xarajatlarning qanchasi Xitoyniki) 2000-yilda 4.0% edi, 2024-yilda 27.4% ga chiqdi. Janubiy Koreya va Hindiston ham R&Dni ko‘paytiryapti, shu sabab Osiyo innovatsiya markaziga aylanib boryapti. Xitoyda ko‘p pul davlat orqali taqsimlanadi: davlat laboratoriyalari va milliy rejalarga mos yo‘nalishlar (masalan energiya, biotexnologiya, ilg‘or texnologiyalar) ko‘p qo‘llab-quvvatlanadi. 🇺🇸 AQSh 2-o‘rinda: $781.8 mlrd. AQShda R&D’ning katta qismini xususiy kompaniyalar tortadi (masalan Amazon, Alphabet, Meta kabi yiriklar). Xitoy + AQSh birga dunyodagi R&D pulining 54.7% ini tashkil qiladi. 🇯🇵 Yaponiya 3-o‘rin: $186.0 mlrd. Yevropadan top-10 ichida Germaniya 4-o‘rin, Buyuk Britaniya 6-o‘rin, Fransiya 8-o‘rin, lekin 2000-yildan beri ularning dunyodagi ulushi kamaygan. 🇪🇺 Shunga qaramay, Yevropada ham yaxshi xabar bor: 2024-yilda Yevropa Ittifoqi kompaniyalarining R&D xarajati sog‘liqni saqlashda +13%, energiya sohasida +19.8% o‘sdi. E’tibor bersangiz rivojlangan davlatlarda ilmiy ishlarga ajratiladgan xarajatlar juda yuqori Bu postni kursdoshlar guruhiga tashlab qo‘ying Manba @teacherazam