Contentum
❄️ Qishki Olimpiada uchun qor va sovuq shart. Muammo esa iqlim isib borgani sari ko‘p joylarda qishlar kamroq qorli va ba’zan iliqroq bo‘lyapti. Shuning uchun Olimpiada tobora ko‘proq sun’iy qorga tayanyapti. Sun’iy qor oddiy suvdan muz kristallari qilib tayyorlanadi. Farqi shundaki, uni tabiat emas, mashina texnikalar yasaydi va havoga purkaydi. Mutaxassislar iqlim isishi davom etsa, Qishki Olimpiadani o‘tkazishga mos joylar kamayishini aytyapti. 🔽 Oldingi 19 ta mezbon hududning barchasi 1981–2010-yillarda Olimpiadani o‘tkazishga iqlim jihatdan mos bo‘lgan, lekin 2050-yillarga borib faqat 10–11 taga, 2080-yillarda esa bu 6 tagacha kamayishi mumkin. IOC muhokamalarida esa 2040-yillarga borib atigi 10 ta davlat qishki qor sportlarini o‘tkazishi mumkinligi haqida gaplar bor. 🌨 Endi sun’iy qorni yasash uchun qancha ko‘p qor ketadi? Misol uchun bu yil bo‘lyotgan 2026 Milano Cortina Olimpiadasida 948,000 m³ taxminan 948 million litr suv sarflangan. Qorning 85% qismi sun’iy bo‘lgan. Yaxshiroq tushunishingiz uchun 💧 Bu suv 1.3 million odamning 1 yil davomida ichadigan suv miqdori bilan teng. 2022 Beijing Qishki Olimpiada o‘yinlarida esa 2,790,000 m³ taxminan 2.79 milliard litr suv ketgan. Qorning 100% sun’iy bo‘lgan. Bu esa taxminan 3.8 million odam uchun 1 yil ichimlik suvi degani. 🌞 Iqlim isib borishi Qishki Olimpiada o‘yinlarining xarajatlari oshishiga, ko‘proq energiya va resurslar ketishiga sabab bo‘lyapti. Sizning fikringiz qanday? Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. Manba @teacherazam