TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3340

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,700Numerus visionum
EditumFeb 1602/16/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

🚮 Ba’zi davlatlar boshqa davlatlardan plastik chiqindini sotib oladi. Sababi plastik chiqindidan arzon xomashyo sifatida foydalanishadi yoki u zavodlarda kerakli jarayonlar (qayta ishlash, granulaga aylantirish) uchun kerak bo‘ladi. Lekin buning ekologik tomoni muammo bo‘lib kelgan. Chunki bu savdo ba’zan shunday ishlaydi: boy davlatlar o‘zining chiqindisini kambag‘alroq davlatlarga sotadi. U yerda esa chiqindini boshqarish tizimi kuchsiz bo‘lgani uchun plastikning bir qismi tabiatga chiqib ketadi (daryoga, dengizga, yerga). 🔽 Yaxshi xabar esa so‘nggi 10 yilda plastik chiqindi savdosi 2/3 qismga yoki 67% ga kamaygan. (Grafikda ham ko‘rsangiz bo‘ladi) 🇨🇳 Bunga eng katta ta’sir qilgan davlat - Xitoy. Oldin Xitoy plastik chiqindini juda ko‘p sotib olar edi. Lekin 2016-yildan boshlab bu keskin kamaydi, 2018-yilda esa Xitoyda plastikni sotib olish taqiqlandi. Shundan keyin ko‘p davlatlar eng katta xaridorini yo‘qotdi. 2024 yilda dunyo bo‘yicha taxminan 5 million tonna plastik chiqindi savdo qilingan. Taqqoslash uchun: bu dunyoda ishlab chiqiladigan plastik chiqindining atigi 1 foizi. 💸 Yana bitta qiziq narsa bor. Hozir plastik chiqindi savdosining ko‘p qismi boy davlatlar o‘rtasida bo‘lyapti. Bu esa yaxshi, chunki bunday davlatlarda chiqindini boshqarish tizimi yaxshiroq bo‘ladi va plastikning tabiatga chiqib ketish xavfi kamayadi. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam