TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3346

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones13,200Numerus visionum
EditumFeb 1902/19/2026, 02:00 PM
Contentum scripti

Contentum

📊 2026-yilgi Myunxen xavfsizlik indeksi dunyo bo‘ylab aholining eng jiddiy xavf-xatarlar haqidagi tasavvurlarida farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. 2025-yil noyabr oyida har bir mamlakatda 1000 ga yaqin katta yoshli odamlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan hisobot — turli davlatlarning iqlim o‘zgarishidan tortib geosiyosiy ziddiyatlargacha bo‘lgan tahdidlarga qanday ustuvorlik berishini ko‘rsatadi. Indeks ballari (0 dan 100 gacha) xavflarning beshta jihatini qamrab oladi: umumiy ta’sir, rivojlanish yo‘nalishi, jiddiyligi, yaqinligi va unga tayyorgarlik darajasi. 🇧🇷 Braziliyada iqlim o‘zgarishi (indeks bali=78), ekstremal ob-havo va o‘rmon yong‘inlari (77) bilan bog‘liq xavotirlar ro‘yxatda yuqori o‘rinni egallagan, bu mamlakatning ekologik inqirozlarga nisbatan zaifligini aks ettiradi. 🇮🇳 Shunga o‘xshash tarzda, Hindiston ham iqlim o‘zgarishi (53) va tabiiy yashash muhitining yo‘q qilinishi (51)ni o‘zining asosiy tashvishlari sifatida baholaydi. Germaniya va Buyuk Britaniya uchun kiberhujumlar (tegishlicha 75 va 74 ball) eng asosiy xavotirga aylangan, bu sun’iy intellekt va raqamli xavfsizlik borasidagi kuchaygan tashvishlardan darak beradi. Shu bilan birga, iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar Yaponiya (70), Buyuk Britaniya (70) va AQSHda (67) umumiy ustuvor muammo hisoblanadi. 🇨🇦 Kanadada savdo urushlari (68), ekstremal ob-havo va o‘rmon yong‘inlari (65) qo‘rquvi ustunlik qiladi, bu ham iqtisodiy, ham ekologik zaifliklarni aks ettiradi. 🇨🇳 Xitoy esa AQSH (38) va savdo urushlarini (31) o‘zining asosiy muammolari deb hisoblaydi, bu esa uning xavfsizlik istiqbolini shakllantiruvchi geosiyosiy ziddiyatlarni ko‘rsatadi. Hisobot mualliflari avtokratik davlatlarda so‘rovnoma o‘tkazish har doim qiyinchilik tug‘dirishi, chunki respondentlar o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olmasliklari sabab Xitoy natijalarini ehtiyotkorlik bilan talqin qilish kerakligini aytadi. Postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Sizni ko‘proq nima tashvishga soladi? Manba @teacherazam