TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3349

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones14,600Numerus visionum
EditumFeb 2202/22/2026, 02:03 PM
Contentum scripti

Contentum

🇺🇸 AQSh har yili yangi qarz oladi. 2026-yil fevral holatiga AQShning umumiy qarzi $38.6 trillion bo‘lgan. AQSh bu qarzni “qog‘oz” ko‘rinishida sotadi. Bu qog‘ozlar U.S. Treasury (AQSh davlat obligatsiyalari) deyiladi. Odamlar va davlatlar ularni sotib oladi, chunki AQSh ularga foiz (daromad) to‘laydi, hozir foizlar yuqori, shuning uchun daromadi ham yaxshi. Chet ellik investorlar (boshqa davlatlar) AQSh obligatsiyalaridan jami $9.4 trillion miqdorda ushlab turibdi. Bu rekord daraja. 🇨🇳 Lekin hamma ham sotib olayotgani yo‘q. Ba’zi davlatlar, masalan Xitoy, o‘zidagi AQSh obligatsiyalarini sotyapti. Bu grafik 2024-yil noyabrdan 2025-yil noyabrgacha bo‘lgan davrda AQSh obligatsiyalarini eng ko‘p sotib olgan va eng ko‘p sotgan 20 ta davlatni ko‘rsatadi. Sotib olish tarafida 3 ta davlat $100 mlrd dan oshgan: — Buyuk Britaniya (UK): $122 mlrd — Belgiya: $100 mlrd atrofida — Yaponiya: $100 mlrd atrofida Keyingi o‘rinlarda Kanada va Norvegiya. Bu 5 ta davlat birga bo‘lib, jami $786 mlrd xaridning taxminan 65 foizini tashkil qilgan. 💸 Xitoy AQSh obligatsiyalaridan $86 mlrd sotgan. Bu bir yil ichida yana 11% kamayish degani va Xitoyning AQSh qarzidan asta-sekin uzoqlashib borayotganini ko‘rsatadi. Sababi sifatida Xitoy zaxiralarini oltin va boshqa aktivlarga ko‘proq o‘tkazyapti (diversifikatsiya) ya’ni “faqat dollarga tayanib qolmaylik” deyapti. Braziliya va Hindiston ham obligatsiyalarini kamaytirgan, ikkalasi birga $108 mlrd atrofida qisqartirgan. 💰 Ba’zi davlatlar o‘z valyutasini himoya qilish uchun dollar zaxirasidan foydalanadi (masalan, kursni ushlab turish uchun). Yoki bu “de-dollarization” degan trend bo‘lishi mumkin ya’ni ayrim davlatlar asta-sekin dollarga bog‘liqlikni kamaytirishga harakat qilishi. Manba Yaqinlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam