Contentum
🌳 Insonlar ming yillardan beri o‘rmonlarni kesib va yoqib keladi. Muzlik davri tugagan paytda (juda qadimda) Yer yuzidagi yashash mumkin bo‘lgan hududlarning taxminan 57% qismi o‘rmon bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan bu o‘rmonlar kamaygan. O‘rmonlar maydoni taxminan 6 milliard gektardan 4 milliard gektarga tushib ketgan. Bu degani: odamzod o‘sha paytdagi o‘rmonlarning uchdan bir qismini yo‘q qilgan. Yo‘qolgan o‘rmonlar maydoni AQSh hududidan ham 2 baravar katta bo‘lgan. 🐄 Odamlar ko‘paydi, ularga ovqat kerak bo‘ldi. Shuning uchun o‘rmonlarni kesib, ekin ekiladigan dalalar, chorva boqiladigan yaylovlar uchun joy ochiladi. Ya’ni o‘rmonlarni yo‘q qilishning eng katta sababi qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik). Shahar qurish yoki kon qazish ham bor, lekin ular qishloq xo‘jaligiga qaraganda kichikroq sabab. Keyingi asosiy sabab esa yog‘och kerak bo‘lib qoldi. Uy, kema kabi narsalar qurishga, qog‘oz tayyorlashga, eng muhimi esa yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. 🪵 Hali ham dunyoda kesiladigan yog‘ochning taxminan yarmi energiya uchun ketadi (asosan kambag‘al oilalarda ovqat pishirish va uyni isitish uchun), chunki boshqa arzon alternativ yoqilg‘i yo‘q. COP26 (Glazgo)da dunyo o‘rmonlarining taxminan 85 foizi joylashgan davlatlar 2030-yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatamiz deb va’da bergan. Mo‘tadil iqlimdagi o‘rmonlar (temperate forests) oldin juda ko‘p kesilgan, lekin 1990-yillardan beri ular ko‘payib boryapti. Ya’ni ayrim joylarda o‘rmonlar qaytib kelmoqda. Tropik o‘rmonlar bo‘yicha ham bir oz ijobiy o‘zgarishlar bor. Tropiklarda o‘rmon kesish tezligi 1980-yillarda eng yuqori bo‘lgan, keyin esa 3 baravar kamaygan. Lekin baribir daraxtlarni kesish ko‘p. Manba Deforrestation’ni kamaytirish uchun nimalar qilish mumkin yana? @teacherazam