Contentum
2025-yilning birinchi yarim yilligida Google’dan hukumatlar talabiga ko‘ra 25,000 ga yaqin ma’lumotni o‘chirib tashlanibdi. 🔍 Bu 2011-yildagi holatdan 25 barobar yuqori ekan. Buni Google’ning o‘zi shaffoflik hisobotida e’lon qilgan. 2025-yilda o‘chirib tashlagan ma’lumotlarning 4958 tasi “maxfiylik va xavfsizlik” sabab bo‘lgan. Buni qarang-a? Haqiqatan xavfsizlik uchunmikan yoki biz bilishimiz kerak bo‘lmagan ma’lumotlarmikan? Qiziq jihati 2011-yilda yomon so‘zlar ishtirok etgan va kattalar uchun mo‘ljallangan 50 ta kontent o‘chirilgan. 2025-yilda esa bu raqam 0 ga teng. 2011-yilda esa hukumatlar tomonidan hech qanday tartibga solingan mahsulot va xizmatlar, milliy xavfsizlik, mualliflik huquqi bo‘yicha kontentlar o‘chirilishi talab qilinmagan. Negadir 2025-yilda yuqoridagi kategoriyalar bo‘yicha o‘chirib tashlash so‘rovlari keskin oshgan. 💭 Endi qiziq bir prognoz ham bor ekan: 2026-yilda hukumatlar tomonidan kontent o‘chirilish talabi 50,000 ga chiqishi kutilmoqda. Hukumatlar biz qanday ma’lumotlarni bilib qolishimizdan qo‘rqadi, nega prognoz raqami yuqori? Bu xabarni yaqinlaringizga ulashing, muhokama uchun navbatdagi qiziq mavzu Manba @teacherazam