Contentum
Xalqi ishonmaydigan davlat: Amerika 🇺🇸 So‘nggi yetmish yil ichida amerikaliklarning hukumatga bo‘lgan ishonchi keskin tushib ketgan. 1964-yilda aholining 77 foizi hukumat to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonishini bildirgan bo‘lsa, 2025-yil sentyabr holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich atigi 17 foizni tashkil etmoqda. Yuqoridagi jadval Pew tadqiqot markazi ma’lumotlariga tayanib qilingan. Milliy inqirozlar paytida ishonch vaqti-vaqti bilan ortgan bo‘lsa-da, umumiy yo‘nalish avlodlar davomida uning davomiy kamayib borayapti. Hukumatga bo‘lgan ishonch eng yuqori cho‘qqiga 1964-yilda chiqqan: o‘shanda amerikaliklarning 77 foizi hukumatga ishonishini aytgan. 💰 Bu holat 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida o‘zgara boshlagan. 1970-yilga kelib ishonch darajasi 54 foizgacha pasaydi, 1974-yilda esa “Watergate” mojarosi ortidan 36 foizgacha tushib ketgandi. Watergate mojarosi Nixonning saylov jamoasiga yaqin odamlar 1972-yilda Demokratlar shtabiga yashirincha kirib tinglash aparatlari o‘rnatishga uringani va qo‘lga tushgani haqida. Oq uy esa buni tan olish o‘rniga, tergovni to‘xtatishga va hammasini yopishga urinib, muammoni kattalashtirib yuborgan. Oxiri prezident o‘zi yozib olgan audio yozuvlarni sudga berishga majbur bo‘ladi va 1974-yilda iste’foga chiqadi. 🛫 11-sentyabr voqealaridan so‘ng ishonch bir necha oy ichida 44 foizdan 54 foizga ko‘tarildi. Bu aholining aksariyati hukumatga ishonch bildirgan so‘nggi holatlardan biri bo‘lgan. Boshqa inqirozlar paytida ham shunga o‘xshash, biroq kichikroq o‘sishlar kuzatildi. Misol uchun 2020-yil boshida, COVID-19 pandemiyasi avjida ishonch darajasi qisqa muddatga 24 foizgacha ko‘tarildi. Biroq, bu kabi ko‘tarilishlar qisqa muddatli bo‘lib, ishonch darajasi tezda avvalgi past holatiga qaytdi. 📥 2000-yillarning o‘rtalaridan buyon hukumatga bo‘lgan ishonch kamdan-kam hollarda 30 foizlik marradan oshgan. 2010-yillar va 2020-yillarning boshlarida esa bu ko‘rsatkich ko‘pincha 20 foizdan ham pasayib ketdi. 2025-yil sentyabr holatiga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 17 foizi hukumatga ishonishini aytishgan. Endi bu raqamlar 2026-yilda yana ham pastga tushishi mumkin Manba Yaqinlaringiz bilan muhokama qilish uchun ularga jo‘natib qo‘ying @teacherazam