Contentum
Odamlarni o‘z yurtining nimasi bilan faxrlanadi? Mana shuni aniqlash uchun Pweresearch tadqiqotchilari izlanib ko‘ribdi. 📃 Ular 25 mamlakatdagi 30 mingdan ortiq kishidan "Mamlakatingiz bilan faxrlanishingizning sababi nimada?" deb so‘ragan. Ular o‘z mamlakatidagi xalq va xilma-xillik, uning hukumati va iqtisodiyoti, madaniyati va turmush tarzi haqidagi fikrlarini aytishgan. 🇬🇧 Misol uchun britanliyaliklar o‘zlarining samimiy va halol odamlari bilan faxrlanar ekan. Amerikaliklar mamlakatining erkinlik huquqlari bilan, Argentina fuqarolari esa o‘zlarining xalqi va hamjihatligi bilan faxrlanadi. 🇫🇷 Fransuzlar o‘z san’ati, madaniyati va taomlarini maqtaydi. Isroilliklar esa o‘zlarining taqvodor ekanligini aytishadi ) 🇯🇵 Yaponiyaliklar o‘zlarining mehnatsevar, samimiy, boshqalarni hurmat qilishini alohida ta’kidlagan. 🇹🇷 Bizga hozir eng yaqini turklar o‘zlarining mehmondo‘stligi va vatanparvar ekanligi bilan faxrlanadi. Biz ham Teacher A’zam kanalida shu so‘rovnomani tashkil qilib ko‘ramiz. 🇺🇿 Siz O‘zbekistonning aynan nimasi bilan faxrlanasiz? Javobingizni izohda yozing. Yana ham ko‘proq javob olishimiz uchun postni yaqinlaringizga ulashing, ular ham javoblarini yozishsin. Manba @teacherazam