TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3380

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones11,900Numerus visionum
EditumMar 1103/11/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

🇪🇺 10 yil oldin Yevropa Ittifoqida qazilma yoqilg‘ilardan (ko‘mir, gaz, neft) olingan elektr miqdori quyosh va shamoldan olingan elektrdan taxminan 3 marta ko‘p edi. Lekin o‘tgan yili birinchi marta quyosh va shamol birgalikda ishlab chiqargan elektr miqdori ko‘mir, gaz va neftdan olinadigan elektr miqdoridan ko‘proq bo‘ldi. Ularning ulushi umumiy elektr ishlab chiqarishning 30% dan sal ko‘prog‘ini tashkil qildi. Buni grafikda ham ko‘rish mumkinki quyosh va shamol ulushi tez o‘sib borgan, qazilma yoqilg‘ilaridan olinadigan elektr ulushi esa pasaygan. 💨 Qiziq tomoni bu rekord 2025-yilda shamol unchalik yaxshi bo‘lmagan paytda ham yuz berdi, chunki shamol tezligi past bo‘lgani uchun shamol stansiyalari elektrni kamroq ishlab chiqaradi. Yana quruq ob-havo sabab gidroenergetika (suv elektri) ham kamaydi, shuni qoplash uchun gazdan foydalanish biroz oshgan. ❓ Davlatlarga quyosh va shamol energiyasidan foydalanish ko‘p afzalliklar beradi. Misol uchun: 1️⃣ Importga kamroq bog‘lanadi Ko‘mir, gaz, neftning katta qismi ko‘p mamlakatlarda tashqaridan keladi. Quyosh va shamol esa o‘zlariniki, uni sotib olmaydi. Natijada davlat energiya mustaqilligiga yaqinlashadi. 2️⃣ Narxlar barqarorroq bo‘ladi Quyosh va shamolning yoqilg‘isi tekin. Ularga pul to‘lamaydi. Asosiy xarajatlar qurilish, uskunalar, tarmoq. Keyin esa ishlab chiqarish narxi odatda barqaror bo‘ladi. Gaz-neft esa bozor, urush, sanksiya, transport muammosi bo‘lsa, darrov qimmatlashadi. 3️⃣ Havo ifloslanishi kamayadi Ko‘mir va neft yoqilganda tutun chiqadi. Bu nafaqat CO₂, balki odam sog‘lig‘iga zararli narsalar (PM2.5, SO₂, NOx). Kamroq ifloslanish kamroq kasallik degani, kamroq shifoxona xarajati, odamlar esa ko‘proq ishlaydi. 4️⃣ Chekka joylarga ham imkon Quyosh elektrini katta stansiya bo‘lmasdan ham qilish mumkin: maktab, shifoxona, zavod tomiga panel o‘rnatib. Bu chekka chekka qishloqlarga ham elektr yetib borishini ta’minlaydi. Do‘stlaringizga ham ulashib qo‘ying @teacherazam