TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3381

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones14,200Numerus visionum
EditumMar 1203/12/2026, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

Dunyoda kinoteatrga tushish madaniyati qanday o‘zgaryapti? 📺 Ba’zi 2026-yil “Oscar”ga nomzod filmlar kinoteatrlarda yaxshi daromad qilgan. Lekin striming ya’ni Netflix kabi platformalar ko‘paygani uchun ko‘p odamlar ularni uyda ko‘rishni tanlayapti. Pew Research o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 2025-yil yozida amerikaliklarning 53 foizi oxirgi 1 yilda kinoteatrga borganini aytgan, 7% esa umuman hech qachon kinoteatrga bormagan. 18–29 yoshdagilarning 2/3 qismi kinoga borgan, 65 yoshdan kattalarda esa bu ko‘rsatkich 39%. 🔼 Kinoteatrga borish eng cho‘qqisiga chiqqan davr 2002-yil bo‘lgan: AQSh va Kanadada 1.6 mlrd bilet sotilgan (odam boshiga deyarli 5 ta). 2019-yilda ham 1.2 mlrd bilet sotilgan, lekin 2020-yilda pandemiya sabab bilet savdosi 81% ga, 231.6 mln ga tushib ketgan. Keyin esa bu jarayon asta tiklanishni boshladi. 2025-yilda 769.2 mln bilet sotilgan odam boshiga taxminan 2 ta. Bu 2020-yildan ancha yaxshi, lekin 2002-yilgi ko‘rsatkichning yarmidan ham kam. 💸 Daromad ham shunga o‘xshash: 2002-yilda kassalar inflyatsiyani hisobga olganda $16.4 mlrd bo‘lgan, 2020-yilda $3 mlrd, 2025-yilda esa taxminan $9 mlrd atrofida. Siz-chi, oxirgi marta qachon kinoga tushgan edingiz? Manba @teacherazam