Contentum
Ben Affleck o‘zining sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kompaniyasini Netflix’ga sotdi. Affleck aytishicha, u AI bilan birinchi tanishganda bu texnologiya uni juda qo‘rqitgan, keyin esa uni haqiqatan foydali yangilik deb ko‘ra boshlagan. 📺 Netflix Affleck ochgan InterPositive degan postproduksiya (film suratga olingandan keyingi montaj va texnik ishlovlar) kompaniyasini qancha pulga sotib olganini aytmagan. Affleck bu kompaniyani ko‘p reklama qilmagan, hatto AI ijodkorlik qilolmaydi deb ham aytgan: masalan, u Joe Rogan podkastida AI mazmunli narsa yozolmaydi va noldan film yaratolmaydi degan. ❗️ Lekin Affleckning InterPositive kompaniyasi Sora yoki Veo kabi “matndan video yaratadigan” texnologiya emas. Uning vazifasi boshqacha: u filmning o‘zidan olingan kadrlar asosida uni o‘rganib, postproduksiyada yordam beradi. Masalan, kadrni qayta kesib yaxshiroq ko‘rsatish (reframing), noto‘g‘ri yorug‘likni tuzatish, kaskadyorlardagi simlarni olib tashlash kabi ishlarni yengillashtiradi. Bu yangilik esa kino industriyasi AI’ga asta-sekin sovuqqon emas, amaliy vosita sifatida qaray boshlayotganini ko‘rsatadi. Gollivud avvallari AI ijodkorlarning ishini tortib oladi, mualliflik huquqlarini buzadi deb juda xavotirda edi. 🔍 Affleck InterPositive’ni 2022-yilda boshlagan va maqsad montajda mantiq va izchillikni ushlab turadigan AI yaratish bo‘lgan. Ular hatto AI rejissyorning niyatini o‘zgartirib yubormasligi, oxirgi qaror baribir odamlar qo‘lida qolishi uchun cheklovlar ham qo‘shgan Kelishuvga ko‘ra, Affleck Netflix’da senior advisor (katta maslahatchi) sifatida ham ishlaydi. AI ham asta-asta kino olamiga kirib bormoqda. Bu postni ko‘p kino ko‘radigan tanishingizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam