TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3399

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones13,100Numerus visionum
EditumMar 2003/20/2026, 02:06 PM
Contentum scripti

Contentum

Ingliz tili internetning rasmiy tiliga aylanib ulgurgan. Lekin qiziq tarafi shundaki, internetdagi eng ko‘p ishlatiladigan tillar, hayotda shu tilda gaplashadigan odamlar soniga umuman to‘g‘ri kelmaydi! Keling, mana bu g‘alati raqamlarga qaraymiz: 🇩🇪 Nemis tilining kuchi: Internetdagi veb-sayt manzillarining (URL) 7 foizi nemis tilida yozilgan va u ingliz tilidan keyin 2-o‘rinda turadi. Lekin hayotda butun dunyo aholisining atigi 0,9 foizigina bu tilni ona tili deb biladi! 🇷🇺 Rus tilining o‘rni: URL manzillarning 6 foizi rus tilida (asosan sobiq Ittifoq davlatlari hisobiga). Vaholanki, dunyo aholisining atigi 1,8 foizigina rus tilida gaplashadi. 🇨🇳 Xitoy tilidagi adolatsizlik: Dunyodagi har 100 odamdan 16 tasi (16,3%) xitoy tilida gaplashadi. U dunyoda eng ko‘p tarqalgan tillardan biri. Lekin internet manzillarining atigi 5 foizigina xitoychada. 🇪🇸 Ispan tili: Bu tilda gaplashadiganlar ham ko‘p (5,9%), lekin internetda ularning ulushi kamroq (4%). Qolgan 21 foiz sayt manzillari “boshqa tillar” (shu jumladan, bizning o‘zbek tili ham) hissasiga to‘g‘ri keladi. Aslida esa yuqoridagi mashhur tillarni hisobga olmasak, qolgan barcha tillarda butun dunyo aholisining 68,1 foizi gaplashadi! Nega bu katta muammo? Agar siz ingliz, nemis yoki rus tilini bilmasangiz, internetda o‘zingizni huddi kimsasiz orolda qolib ketgandek his qilasiz. Ma’lumot topish qiyinlashadi. Bu narsa, ayniqsa, o‘z tili va madaniyatini texnologiyalar asrida asrab qolishga urinayotgan xalqlar uchun katta xavf tug‘diradi. Ularning madaniyatini texnologiya “yutib yuboryapti”. Yechim bormi? Ha, harakatlar bor. Masalan, Vikipediya 2015-yildan beri ingliz tilida bo‘lmagan maqolalarni ko‘paytirish ustida ishlayapti. YUNESKO kabi yirik tashkilotlar ham internetni barcha tillar uchun teng, ko‘p tilli makonga aylantirishga harakat qilmoqda. 💪 Men ham o‘z blogimda o‘zbek tilidagi foydali postlarni va long-read’larni ko‘paytiryapman. Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshi yechim Englify. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam