TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3401

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,400Numerus visionum
EditumMar 2203/22/2026, 02:02 PM
Contentum scripti

Contentum

🧴 Bugun dunyoda ishlab chiqarilayotgan har 5 kg plastikning 1 kilosi to‘g‘ri tabiatga borib tushadi. Bunda suvlarimiz ifloslanadi, jonivorlar nobud bo‘ladi. Plastikni yoqishdan chiqadigan zaharli tutundan esa millionlab odamlar nafas oladi. Lekin bu falokatni to‘xtatishning zo‘r yo‘li bor. Muammoni 98 foizga hal qilsa bo‘ladi! Nega boy davlatlarda plastik axlat kam? 💸 Siz, “boy davlatlarda odamlar plastikni kam ishlatadi, shuning uchun ularda axlat kam” deb o‘ylashingiz mumkin. Yo‘q! Ular plastmassadan bizdan ancha ko‘p foydalanadi. Lekin u yerda muhit 100 baravar toza. Nega? Chunki ularda chiqindilarni yig‘ish va to‘g‘ri ko‘mish tizimi zo‘r ishlangan. Biz yashaydigan o‘rtacha va past daromadli davlatlarda esa ahvol yomon. Maishiy chiqindining yarmidan ko‘pi hatto yig‘ib ham olinmaydi. Odamlarda nima chora bor? Yo yoqib yuboradi, yoki ko‘chaga tashlaydi. Yig‘ilgan axlat ham shunchaki ochiq dalalarga to‘kib qo‘yiladi. Yomon hid va zaharli moddalar yana tabiatga tarqalaveradi. 🥲 Plastikni kam ishlatishning foydasi esa juda kam. Agar o‘rta va kam daromadli davlatlar (bizning hududlar) plastik ishlatishni teng yarmiga qisqartirsa ham, baribir har yili o‘n millionlab tonna axlat tabiatga chiqib ketaveradi. Chunki yig‘ish tizimi yo‘q! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boy davlatlar axlatni boshqarish uchun jon boshiga 50 dollar atrofida pul sarflaydi. Kambag‘al va o‘rtacha davlatlarda esa bu ko‘pi bilan 1 dollarni tashkil etadi. 💲 Aynan mana shu narsani o‘zgartirish kerak! Oddiy davlatning axlat yig‘ish tizimiga tikilgan har 1 dollar, boy davlatning qandaydir dohiyona texnologiyasiga tikilgan 1 dollardan 25 ming baravar ko‘proq foyda beradi. Qimmatbaho qayta ishlash zavodlari qurish o‘rniga, oddiygina axlat tashiydigan yuk mashinalarini ko‘paytirish va to‘g‘ri, xavfsiz axlatxonalar tashkil qilish ancha samarali va arzon yechimdir. To‘g‘ri, axlat tashiydigan mashina yoki axlatxonaga pul tikish uncha “chiroyli” sarmoya emas. Lekin daryolarimiz plastikka to‘lib qolmasligi va havomiz zaharlanmasligi uchun ayni paytda eng kerakli ish shu! Bizda bu baloni deyarli to‘liq yo‘q qilish uchun hamma bilim bor. Faqat pulni va e’tiborni to‘g‘ri joyga qaratsak bo‘lgani. Manba @teacherazam